

O'sha vaqtda Ronaldu "Manchester Yunayted"ga ikkinchi qaytishi (2021–2023) davomida qiyin davrni boshidan kechirayotgan edi va bu qaytish yakunda omadsiz chiqdi. Hozirda 41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi sharafini himoya qilmoqda.
"Chelsi"da qisqa vaqt sport direktori lavozimini egallagan amerikalik biznesmen Todd Bouli klub rahbariyatidagi ilk transfer oynasida Ronaldu bilan shartnoma imzolashga harakat qilgan. Bouli agent Jorje Mendesh bilan uchrashgan va bitim imkoniyatiga qiziqish bildirgan. Bouli Ronalduni Londonga olib kelish imkoniyatini ko'rgan, ammo bundan bir yil oldin Chempionlar ligasida g'olib chiqqan Tuxel transferni to'xtatib qolgan. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, germaniyalik mutaxassis "portugaliyalik hujumchining o'tishi bo'yicha har qanday kelishuvga aniq va qayta-qayta qatiy etiroz bildirgan".



