Manchini: "Italiya Fransiyani 3:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, bu nimanidir anglatadi"

Sherzod Nurmatov
13 noya 2026, 17:30
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Fransiya ustidan qozonilgan g'alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.

"Hammadan, butun jamoadan mamnunman, chunki biz ham himoyada, ham hujumda juda yaxshi o'ynadik. Agar Fransiyani 3:1 hisobida enggan bo'lsak, demak, bu nimanidir anglatadi.

Parijdagi birinchi o'yinda nima o'xshamagandi? Biz yosh jamoamiz va o'sishda davom etishimiz kerak. Parijda juda qiyin bo'lgandi, lekin o'shanda ham yomon o'ynamagandik. Nega penaltini Sebastyano Espozito tepdi? Bilmayman. Rosti bilmayman, penaltini uning akasi tepishi kerak edi", – dedi Manchini “Okko Sport” efirida.

Italiyaliklar 10 ochko jamg'arib, 1-guruhda peshqadamga aylanib olishdi va xuddi shuncha ochkoga ega Fransiyani ortda qoldirishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Okko Спорт