Angliya terma jamoasi qaydnomasi ma'lum: Job Bellingem va Josh King chaqirildi, Palmer ro'yxatda yo'q

Sherzod Nurmatov
6 noya 2026, 15:35
Tomas Tuxel Koul Palmerni Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritmadi, biroq Job Bellingemga akasi Jud bilan birga to'p tepish uchun ilk chaqiruvni yubordi.

"Chelsi" safidagi ajoyib sport formasiga qaramay, Koul Palmer Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiya va Ispaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan bahslardan butunlay chetda qoldi.

"Borussiya Dortmund" jamoasida o'ynayotgan 21 yoshli Job ilk bor milliy jamoaga taklif oldi. Bu esa Gari va Fil Nevilldan keyin ilk marta aka-ukaning Angliya terma jamoasida birga maydonga tushish imkoniyatini paydo qilmoqda.

Shuningdek, tizza jarohati tufayli Jahon chempionatini o'tkazib yuborgan Ben Uayt yana terma jamoaga qaytdi. "Inter" safida safga qaytgan Jed Spens ham tarkibga jalb etilgan.

Angliya terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar: Jordan Pikford ("Everton"), Jeyms Trafford ("Lids Yunayted"), Din Henderson ("Kristal Pelas").

Himoyachilar: Ezri Konsa ("Arsenal"), Mark Gexi ("Manchester Siti"), Jarrad Brantueyt ("Everton"), Trent Aleksander-Arnold ("Real Madrid"), Lyuis Xoll ("Nyukasl Yunayted"), Jarell Kuansa ("Bayer Leverkuzen"), Jed Spens ("Inter Milan"), Ben Uayt ("Arsenal").

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem ("Real Madrid"), Job Bellingem ("Borussiya Dortmund"), Josh King ("Fulhem"), Jeyms Garner ("Everton"), Elliot Anderson ("Manchester Siti"), Eberechi Eze ("Arsenal"), Maylz Lyuis-Skelli ("Arsenal"), Deklan Rays ("Arsenal").

Hujumchilar: Harri Keyn ("Bavariya"), Dominik Kalvert-Lyuin ("Lids Yunayted"), Entoni Gordon ("Barselona"), Rio Ngumoxa ("Liverpul"), Morgan Rojers ("Chelsi").

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph