Rasman: Maurisio Pochettino 18 noyabrdan "Manchester Yunayted"ni boshqaradi

Sherzod Nurmatov
13 noya 2026, 17:05
"Manchester Yunayted" Maurisio Pochettino bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e'lon qildi.

Argentinalik mutaxassis 18 noyabrdan ishga kirishadi. Ingliz klubi AQSH futbol federatsiyasi bilan Pochettino va uning shtabini muddatidan oldin terma jamoadagi vazifasidan ozod etish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Intensiv hujumkor uslubi va jamoaviy ruhni shakllantirish qobiliyati bilan tanilgan Pochettino faoliyati davomida "Espanol" va "Sautgempton"ni boshqargan. Keyinchalik "Tottenxem"ni ketma-ket to'rt mavsum Chempionlar Ligasiga olib chiqib, 2019 yili klub tarixida ilk bor turnir finaliga qadar yetib borgan.

Shuningdek, u PSJ bilan Fransiyadagi barcha ichki sovrinlarni yutgan va "Chelsi"da faoliyat yuritgan. Uning so'nggi ish joyi AQSH terma jamoasi bo'lib, Pochettino boshchiligida jamoa JCH-2026 nimchorak finaligacha yetib bordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com