Tuxel: "Premer-liga murabbiylarining qo'ng'iroqlariga hech qachon javob bermayman"

28 sen 2026, 09:45
Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel Premer-ligadagi hamkasblari bilan futbolchilarning yuklamasini cheklash bo'yicha hech qachon gaplashmaganini ma'lum qildi.

Ushbu xalqaro tanaffusda inglizlar 11 kun ichida to'rtta o'yin o'tkazishadi va ularning birinchisi o'z maydonida Ispaniyadan uchralgan 2:3 hisobidagi mag'lubiyat bo'ldi.

Oldinda inglizlarni Chexiya terma jamoasiga qarshi Pragaga safar kutmoqda va Tuxel o'z futbolchilaridan birortasini ayash kayfiyatida emas, hatto bu haqda undan iltimos qilishsa ham.

"Men Premer-liga murabbiylarining qo'ng'iroqlariga hech qachon javob bermayman. Men o'zim ham terma jamoa murabbiylaridan birortasiga hech qachon qo'ng'iroq qilmaganman. Men futbolchilarni ayay olmayman, buning shunchaki iloji yo'q".

"Agar men Braziliya yoki Argentina terma jamoasi murabbiyiga qo'ng'iroq qilganimda, ular mening nima haqda gapirayotganimni tushunmagan ham bo'lishardi, xuddi futbolchilar tushunmaganidek".

"Shunday ekan, nega men buni boshlashim va futbolchilarda bir qadam orqaga tashlash, faqat bir bo'lim o'ynash yoki bir o'yinda dam olish normal holat degan taassurot qoldirishim kerak? Nega? Men hech qachon bunday qilmagan bo'lardim. Bu muhim. Biz keyingi o'yinda g'alaba qozonishni xohlaymiz", - dedi Tuxel Sky Sports nashriga.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports