U-20 Jahon chempionatining guruh bosqichi o'yinlari Farg'onada ham o'tkazilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
13 noya 2026, 15:37
2027 yilda O'zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionatining guruh bosqichi uchrashuvlarini Farg'ona viloyatida ham o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Farg'ona viloyati hokimligi xabar berdi.

Musobaqaga tayyorgarlik doirasida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Farg'ona viloyati futbol mutasaddilaridan iborat delegaciya Ozarbayjonga tashrif buyurdi.

Bokuda FIFA, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda sport infratuzilmasini rivojlantirish, jamoalar va mehmonlar uchun zarur sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o'tamiz, 24 ta terma jamoa ishtirok etadigan U-20 Jahon chempionati 2027 yilning 17 sentyabridan 9 oktyabriga qadar O'zbekiston va Ozarbayjonda o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Фарғона вилояти ҳокимлиги