

"Birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. O'ylaymanki, o'yin taqdirini hal qilib qo'yishimiz mumkin edi. Italiyaliklar esa ilk zarbalari bilan gol urishdi.
Men italiyaliklarni yaxshi bilaman: agar ularga zarracha imkoniyat qoldirilsa, bundan albatta foydalanishadi. Ayrim pallalarda hujumga haddan tashqari berilib ketdik va ular bazi epizodlarda buning uchun bizni jazolashdi", – dedi Rabo TF1 efirida.
Italiyaliklar 10 ochko jamg'arib, 1-guruhda peshqadamga aylanib olishdi va xuddi shuncha ochkoga ega Fransiyani ortda qoldirishdi.



