

Bu haqda “The Independent” xabar tarqatmoqda.
Ushbu kompaniyalar FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan taklif etilgan, ammo amalga oshmay qolgan FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasi bo'yicha tergovda tilga olinmoqda. Loyiha Jahon chempionati tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotishni ko'zda tutgandi.
O'tgan oy UEFA FIFA musobaqalarini boykot qilish bilan tahdid qilib, ushbu loyiha va Joshua Kushner (Donald Tramp kuyovining ukasi) asos solgan Thrive Capital kompaniyasiga eksklyuziv huquqlar berilishi yuzasidan izoh talab qilgandi.
Sudya Janett Vargas FIFAning AQSHdagi tuzilmalari ushbu ishda to'g'ridan-to'g'ri yuridik manfaatga ega emasligini ta'kidladi. FIFA esa sud qarori tashkilotni hujjatlarni oshkor qilishga majburlamasligini va ish mohiyatan ko'rib chiqilmaganini bildirdi.
Mazkur mojaro mart oyida bo'lib o'tadigan FIFA prezidentligi saylovi arafasida yuz bermoqda. To'rtinchi muddatga nomzodini qo'ymoqchi bo'lgan Infantinoga Yaponiya futbol assotsiatsiyasi faxriy prezidenti Kojo Tashima raqiblik qiladi. Shuningdek, "Arsenal" sobiq murabbiyi Arsen Venger ham saylovda qatnashish variantini ko'rib chiqmoqda.



