

- Albatta, o'yin og'ir o'tdi. Ayrim joylarda asabiylashdik. O'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynadik va vazifani uddaladik. G'alabaga loyiq edik, yana gollar urishimiz mumkin edi. O'yin boshida raqibda vaziyat bo'lgandi. Viloyatni g'alaba bilan tabriklayman, muxlislarga rahmat aytaman, ular bizni yaxshi qo'llab-quvvatlamoqda. Bu yoqimli holat.
- Keyingi o'yinga rejalaringiz qanday?
- Bu bahsga Toshkentda tayyorlansak kerak. Chunki "Dinamo" tabiiy maydonda o'ynaydi va shu sababli biz ham shunday maydonda tayyorlanishimiz kerak. Raqibning o'yin uslubini o'rganib chiqamiz. Tarkib deyarli yangilandi, yangi legionerlar olindi. Bugun jamoa "Lokomotiv"ga yutqazgan bo'lsa-da, bungacha 4ta o'yinda yaxshi natijalar ko'rsatdi. Ochkolar olish uchun u erga boramiz va bunga harakat qilib ko'ramiz. Birinchi davrada bu raqibni mag'lub qilgandik. Endi esa ulardan ochko olishga intilamiz.
- Aleksandr Ejov qaytibdi. Uning sog'lig'i qanday?
- Barchasi yaxshi. Qaysidir o'yinda gol urganimizdan keyin futbolchimiz uni qattiqroq tabriklab yuboribdi. Endi barchasi joyida, yomoni o'tib ketdi. Uning yanada to'liq sog'ayishini kutib qolamiz.


