

28 yoshli jazoirlik futbolchi 2019 yildan buyon "rossonerilar" safida to'p surib kelayotgan edi. O'tgan mavsumni esa u ijara asosida Zagrebning "Dinamo" klubida o'tkazdi.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, Bennaser faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi. U yaqin vaqt ichida "Al G'arafa" klubiga o'tishi kutilmoqda.
Bennaser "Milan" safida A Seriya chempioniga aylangan va jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida etirof etilgan edi. Endi esa u faoliyatining yangi bosqichini Qatarda boshlaydi.



