Sergey Lushchan: "Bizdagi muammolarni sanash uchun soatlar vaqt kerak bo'ladi"

8 avg 2026, 01:23
Superliganing 16-turi doirasida "Xorazm" - "Mashal" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan o'z fikrlarini bildirdi.

- Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Ular haqli tarzda yutishdi. Ikkita qo'pol xatomizdan foydalanishdi. Nimadir deyish qiyin. Teng o'yin bo'ldi va bir jamoa g'alabaga erishdi.

- Bugungi mag'lubiyatda jamoadan nimalar yetishmayotganini ko'rdingiz?

- Bizning ro'yxatimizda faqatgina yetishmovchiliklar bor. Ko'ngil to'layotgan hech narsa yo'q. Klubdagilar anchadan beri oylik olmayapti. Bunday holatda futbolchilarni ham to'g'ri tushunaman va ulardan biror nimani talab ham qila olmayman. Tanaffusda deyarli hech qanday ishlar qila olmadik va shu tarzda mavsumni yakunlashga majburmiz. Bizda faqat muammolar bor va buni sanash uchun soatlab vaqt kerak. Klubda juda katta muammolar bo'lgani uchun jadvalda chiroyli bo'lmagan joyda turibdi. Barchasiga qaramasdan o'ynashga harakat qilamiz. Bir qancha yaxshi harakatlarimiz bo'ldi. So'nggi soniyalargacha umid qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia