

- Og'ir o'yin bo'ldi. "Dinamo"ga qarshi doimo yaxshi o'yinlar bo'lgan. Bu jamoa ochiq o'yin namoyish qilishga tayyor. Biz ham shunday ochiq o'yin ko'rsatadigan jamoamiz. Bu kabi o'yinlar ham bo'lib turadi, bugun raqib bizdan yaxshiroq o'ynadi. Yaxshi o'yin ko'rsata turib, 3 ochkoni boshqasi olishi albatta, yoqimli emas. Chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun raqiblarni tabriklayman. Biz esa oldinga intilishda davom etamiz.
- O'tgan o'yinda Aleksey Kozlovning qizil kartochkasidan keyin rejalarda o'zgarishlar bo'ldimi?
- Bu haqda gapirish juda qiyin. Nikita Shevchenko bunday o'yinlarda o'ynamagan va albatta, bosimni his qilishi tabiiy. O'yinni xato bilan boshlagandan keyin u o'ziga kelishi qiyin bo'ldi.

- Kozlov sportga hos bo'lmagan harakat uchun qizil olgandi. Oldinroq Abdulloh Yo'ldoshev ham shu kabi janjal qilib, chetlashtirilgandi. Bu Sizni havotirga solmayaptimi?
- Yo'q. Bu kichik vaziyatlar. Abdulloh bilan bu borada gaplashganmiz va o'ziga hulosalarni chiqarib olgan. Ammo u o'tgan o'yinda o'tkazib yuborilgan ikkinchi golda aybdor. "Bunyodkor" bilan o'yindan keyingi holatda esa aybdorlar ko'p. Kozlov esa reakciya ko'rsatdi va bu millisoniyalarda amalga oshdi. Odam bu kabi holatlar orqali o'ziga dars oladi. Mavsum davomida 15 o'yinda maydonga tushgan futbolchi uchun ko'p narsalarni tushuntirish ham shart emas.
- Bugungi o'yinni Suhrob Nurulloev o'ng qanotda zo'r o'tkazayotgandi, chap qanotda esa o'zini ko'rsata olmadi.
- Uning qanotidagi raqiblariga qaradik. Bunday holatlarda kimni ko'proq ishlata olishimizni qarab ko'rdik. Suhrobga qanday vazifalar berayotgan bo'lsak, Shodiyorga ham shu vazifalarni bera olardik. Biz to'p bilan bir chiziqda bo'lishimiz kerak edi. Ular bu vazifalarni bajarishdi. Jaloliddin Jumaboev baquvvat himoyachi va ayrim vaziyatlarda o'zining texnikasini ham namoyish qila oladi. Suhrobni unga yaqinlashtirish orqali vaziyatni nazorat qildik. Menimcha yomon bo'lmadi.
- Vadim Abramov o'tgan turdan keyin "Lokomotiv" biz bilan o'yin oldidan ikki kun ko'proq dam olishini aytgandi. Bu jamoaga qanchalik yordam berdi? Jamoaning charchab qolishi faqat menejerlik o'yinlaridami?
- Buni endilikda sun'iy intellekt nazorat qilmoqda. Bunday narsalarga endi savol berish shart emas. Agar taqvimda kun ora o'yin qo'yib berilsa ham o'ynashga majburmiz. Endi taqvim tuzishni biz nazorat qila olmaymiz. Taqvimga qarab mashg'ulot jarayonini tuzamiz.
- Jasurbek Yaxshiboev "Lokomotiv"da o'zining eski holatiga qayta oladimi?
- Uning juda zo'r imkoniyatlari bor. Lekin ayrim o'yinlar bo'ladiki, sendagi shu sifatlar kerak bo'lmasligi mumkin. Unda jarohat bor edi va 12 kunlik davolanishdan so'ng kechagina mashg'ulotlarga qaytdi. Endi biz uni tarkibga jalb qilish ishlarini boshlaganmiz. Keyingi o'yinlarda u jamoamizga yordam bera oladi. Shunchaki bugun uning o'yini bo'lmadi. Bazida bir davlat jamoasidan boshqa davlat jamoasiga o'tsang, jismoniy holat boshqacha bo'lishi mumkin. Hozir uning jismoniy holati yaxshi. O'yinga tushib, hujumda ham himoyada ham foyda keltira oladi. O'z vaqtida Masharipov, Sardor Rashidov bilan ham shunday bo'lgan. O'yinning borishiga qarab zaxiradan ham maydonga tushirilmagan. Biz o'shanda to'psiz o'ynashga majbur edik. Biz uning sifatidan to'g'ri foydalanishga harakat qilamiz. Shunchaki bugun biz himoyada o'ynadik va bugun uning o'yini emasdi.



