

Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar saudiyaliklarning dastlabki taklifini rad etgan. "Barselona" 22 yoshli futbolchi uchun 30 million evrodan ortiq, ideal holatda esa 40 million evroga yaqin mablag' olishni maqsad qilgan.
Hozircha "Al Hilol" bunday yuqori narxni to'lashga tayyor emas. Shunga qaramay, klubning Mark Kasado bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha muzokaralari ijobiy kechmoqda va tomonlar kelishuvga yaqinlashgani aytilmoqda.
"Barselona" Kasadoni klubning istiqbolli futbolchilaridan biri deb hisoblasa-da, moliyaviy holatni yaxshilash maqsadida munosib taklif tushsa, uni sotib yuborish variantini ham ko'rib chiqishga tayyor.
Yaqin kunlarda klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etishi va transfer taqdiriga oydinlik kiritilishi kutilmoqda.



