

- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalo "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun "Navbahor"ga o'z maydonida to'p tepgani katta yordam berdi. Jamoamiz ko'rsatgan o'yin haqida hozir aniq gap aytishim qiyin, xatolar ko'p bo'ldi va ularni o'rganib chiqamiz deya olaman.
- Nima deb o'ylaysiz, ketma-ket gollar jamoangizni "sindirdimi?"
- Yo'q, bunday demagan bo'lardim. Shunchaki o'yinimiz chiqmadi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, foydalana olmadik. Raqib o'z imkoniyatlarini golga aylantirdi. Bizga ruhan tetiklik yetishmadi, natijada oddiy xatolarga yo'l qo'ydik.



