Sergey Tokov: "Yashirmayman, natija uchun o'ynadik"

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2026, 23:53
Superliga 14-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Surxon" (1:0) uchrashuvidan keyin "Xorazm" bosh murabbiyi Sergey Tokov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda muxlislarimizni uzoq kutilgan g'alaba bilan tabriklayman. O'z maydonimizda o'ynab g'alabaga erishdik. Yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz ham mumkin edi, biroq asosiy e'tiborni natijaga qartadik. 4-5ta uchrashuvdan beri yuta olmayotgandik, bu esa jadvaldagi holatimizga ta’sir qildi.

Biz bugun juda muhim bahsni o'tkazdik, yigitlar g'alaba uchun bor kuchni berishdi. Ikkinchi taymda biroz orqada o'ynadik, bu ruhiyat bilan bog'liq deb o'ylayman. Hisobni saqlab qolishga harakat qildik, lekin ikkinchi taymda ham to'p kiritishimiz mumkin edi. Yangi futbolchilarimiz bor, masalan Hoshimov uchun bu birinchi o'yin bo'ldi. Bosim ostida o'yinni o'tkazdik, muhimi o'z maqsadimizga erishdik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia