

– O'yin haqida...
– Qiyin o'yin bo'ldi, avval biz gol urdik. Ammo bardosh berolmadik, to'p o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymni negadir qiyin boshladik, nimadir o'xshamadi, lekin bu futbol. "Paxtakor"ning ikkita teng kuchli tarkibi bor. Bizga biroz qiyin. O'z muxlislarimizni xursand qilishga harakat qildik.
- Xorazmning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 5 o'yinga etdi. Nahotki, ikki yarim oy ichida kamchiliklarni bartaraf etishga imkon bo'lmadi?
- Nega tuzatib bo'lmas ekan? Kamchiliklarni tuzatishga ulgurdik, lekin hammasini emas. Barcha xatolarni tuzatganimizda, chempionlik uchun kurashayotgan bo'lardik. Hozircha kichik qadamlar bilan oldinga siljiyapmiz. Raqiblarimizga e'tibor bering. "Andijon" yaxshi tarkib bilan, "So'g'diyona" yaxshi tarkib bilan, keyin "Paxtakor". Umuman, hech qanday yomon narsa ko'rmayapman.
- Birinchi taymda, 30-daqiqaga yaqin, bir voqea bo'lib o'tdi. Juda yaxshi tushunarli, eshitilarli edi, quloq solishning hojati yo'q edi: chiziq yonida murojaat qilib, murabbiylar shtabi tomonga qarab, o'yinchiga bir nima dedingiz... Savol bermoqchi edim: gap qaysi futbolchi haqida ketayotgan edi va bunday his-hayajonga nima sabab bo'ldi?
- Xo'sh, mayli, bular mening his-hayajonlarim bo'laqolsin, bu mening emociyalarim, bu klubimizning ichki ishi. Qaysi o'yinchi ekani - bu haqda gapirmayman. Nimaga? Bu shunchaki murabbiyning his-hayajoni. Agar emociyalarni doim ichingda saqlasangiz, unda qattiq kasal bo'lib qolish mumkin. Shuning uchun biz emociyalarni ham tashqariga chiqarishga harakat qilamiz. Maydon tomonga emas, hech kimni haqorat qilmaydigan va xafa qilmaydigan tomonga, shunday deyish mumkin.
- Yanis Leri zaxiradan maydonga tushirilib, 25 daqiqadan so'ng yana almashtirildi. Uning o'yinidan ko'nglingiz to'lmadimi?
- Ha, shunday bo'ldi, uning o'yinidan ko'nglimiz to'lmadi, shuning uchun uni almashtirdik.

- Yangi qoidalar haqida fikringiz qanday? Masalan, bugun sizning o'yinchingiz Abduhamidov vaqt cho'zdi. Keyin aynan Leri degan o'yinchi qariyb ikki daqiqa kutdi.
- Men o'z o'yinchim bilan gaplashdim, tushuntirdim: birinchi navbatda jamoa haqida o'ylash kerak, o'zining shaxsiy ambiciyalari haqida emas. Chunki, uning aytishicha, "Paxtakor" o'yinchisi uni so'kayotgan ekan, yomon gaplar aytgan, bilmadim. Shuning uchun u shunday reakciya qildi. Xo'sh, bu ustida ish olib boramiz, tushuntiramiz. Menimcha, hakamlar ham bunga e'tibor berishlari kerak edi, chunki, bilishimcha, maydonda so'kinish ham mumkin emas. Provokaciya ham... Hakam maydondagi provokaciyalarni bartaraf etishi kerak. Bu mening fikrim.
- Sizningcha, bu yaxshimi?
- Yo'q, albatta, men o'yin suratini oshirishni faqat yoqlayman. Yangi qoidalar - asosiysi, ular bir tomonlama ishlamasin, o'yinni yaxshilasin. Men faqat o'yin tezligi oshishini yoqlayman. Menimcha, bu yerda hammasi to'g'ri bo'ladi. Bu qoidalar bo'yicha hech qanday salbiy emociya yo'q, faqat ijobiy tomoni bor.
- Iyul boshida klub rahbariyati tanqidiy yig'ilish o'tkazgan ekan. Bu haqda batafsilroq aytib bersangiz: qanday vazifalar qo'yildi, qanday topshiriqlar berildi?
- Bilasizmi, men bu yig'ilishda bo'lmaganman, sizga hech narsa ayta olmayman. Bu ma'lumot sizga qayerdan yetib keldi? Bizda klub rahbari bor, u yig'ilishda ishtirok etgan, undan so'rang. Men uning o'rniga gapira olmayman, chunki men u yerda bo'lmaganman. Agar u yerda bo'lganimda, aytib berardim, lekin ishtirok etmaganman, shuning uchun bu borada hech narsa deya olmayman.



