Ruslan Roziev - "Qizilqum" futbolchisi!

8 avg 2026, 00:10
"Qizilqum" hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida navbatdagi transfer amalga oshirdi.

“Faoliyati davomida Belarusiyaning Neftan, Qirg'izistonning Bishkek Siti, Toshkentning Paxtakor, Bekobodning Metallurg hamda Farg'onaning Neftchi jamoalarida faoliyat yuritgan iqtidorli hujumchi Ruslan Roziev endilikda “oltin izlovchilar” sharafini himoya qiladi.

24 yoshli hujumchi poytaxtning Paxtakor klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida 75 dan ortiq o'yinda maydonga tushib 20 dan ziyod gol urishga erishgan” - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати