"River Pleyt" "Atletiko"dan Tyago Almadaning transferini e'lon qildi

9 avg 2026, 15:58
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tyago Almada "Atletiko"dan "River Pleyt"ga o'tadi, deb xabar bermoqda Argentina klubi matbuot xizmati.

"River Pleyt" o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida 25 yoshli argentinalik futbolchini transfer qilish bo'yicha Madrid klubi bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi.

Insayder Fabricio Romano avvalroq Argentina klubi Almada uchun taxminan 20 million evro to'lashi haqida xabar bergan edi.

Almada 2025 yildan beri "Atletiko"da o'ynayotgandi. Futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: riverplate.com