NBA chempioni "Atletiko"ning akciyadoriga aylandi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2026, 15:00
"Oklaxoma" basketbolchisi Shey Giljes-Aleksander Madridning "Atletiko" klubi akciyadorlari safiga qo'shildi.

Bu haqda madridliklar matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Atletiko" akciyadorlari safiga rasman qo'shilganimdan xursandman. Bu Yevropa futbolida ulkan yutuqlar tarixiga ega klub va men uning kelajagining bir qismi bo'lish imkoniyati yaratilganidan minnatdorman", – dedi basketbolchi.

2.jpg

28 yoshli kanadalik sportchi 2024/25 yilgi mavsum "Oklaxoma" safida NBA chempioni bo'lgan. Shuningdek, u ikki marta NBA muntazam chempionatining eng foydali o'yinchisi (MVP) deb topilgan.

Ispaniya chempionatining 7 turidan so'ng "Atletiko" 16 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com