Rasman: "Real" hujumkor yarim himoyachi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2025
"River Pleyt" yarim himoyachisi Franko Mastantuono "qaymoqranglilar" a'zosiga aylandi.

Mastantuono yaqin 6 mavsum ichida "Real" sharafini himoya qiladi. U 14 avgustdan 2031 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Mastantuono 2019 va 2024 yillar oralig'ida "River Pleyt" jamoasi a'zosi bo'lgan va 2024-2025 yilgi mavsum asosiy jamoa tarkibida bo'lgan. 2024 yilning fevralida jamoasi bilan Argentina Superkubogini qo'lga kiritgan.

17 yoshida u Argentina terma jamoasida rasmiy o'yin o'tkazgan tarixidagi eng yosh futbolchi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com