

Bu haqda parijliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, har ikki futbolchi 10-11 oktyabr kunlari, shanba va yakshanbada mashg'ulotlarga qaytadi. O'yinchilarda jarohat borligi haqida xabar berilmagan.
PSJ mavsum davomida ikkinchi bor Dembelega qo'shimcha dam olish imkonini bermoqda. 28 avgust kuni forvard Liga 1’ning 2-turi doirasida "Lill"ga qarshi safar o'yinini (2:2) o'tkazib yuborgandi, o'shanda unga 6 kunlik dam olish berilgandi.
29 yoshli Dembele 2026/27 yilgi mavsum parijliklar safida barcha turnirlarda 7 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 24 yoshli Mendesh hisobida esa 5 ta bahs mavjud.



