"River Pleyt" "Real" va "Manchester Siti" futbolchilarini ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2026, 23:58
"River Pleyt" klubi Franko Mastantuono va Klaudio Echeverrini ijaraga olishni maqsad qilgan.

Jurnalist Xuan Patrisio Balbining ma'lumotlariga ko'ra, argentinaliklar ushbu futbolchilarning transferi bo'yicha "Real" va "Manchester Siti" klublari bilan ilk muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Echeverrining qaytishi uning maqomi va futbolchining o'z yurtiga qaytishga bo'lgan yaqqol xohishi tufayli ko'proq real variant sifatida ko'rilmoqda.

Mastantuono joriy mavsumda "Real" safida La Ligada 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Echeverri esa yarim yil davomida "Bayer" (Bundesligada 6 ta o'yin) va yarim yil "Jirona" (Ispaniya chempionatida 17 ta o'yin, 1 ta gol) tarkibida to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/juanbalbi9