Olise "Real"dan taklif tushmasa, "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2026, 16:15
"Bavariya" vinger Maykl Olise bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga umid bog'lamoqda.

Bu haqda “Sky Sport” ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchi bilan bitimni uzaytirish bo'yicha dastlabki muzokaralar bo'lib o'tgan.

Qayd etilishicha, Olisening o'zi "Bavariya"ni faqat "Real"ga o'tish uchungina tark etishga tayyor. Agar Madrid klubi tomonidan aniq qadamlar tashlanmasa, futbolchi katta ehtimol bilan myunxenliklar bilan yaxshilangan shartlar asosida bitimni uzaytiradi.

Olise 2024 yildan beri "Bavariya"da o'ynab kelmoqda. Fransiyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsum jamoa tarkibida barcha turnirlarda 7 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta to'p kiritdi va 4 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport