Rasman: "Dinamo" "River Pleyt" tarbiyalanuvchisini safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026, 16:05
"Dinamo" jamoasi yangi mavsum oldidan yana bir legioner bilan o'z safini kuchaytirganini ma'lum qildi.

Yangi mavsumda yangi marralarni ko'zlayotgan "Dinamo" Salvador Sanches bilan kelishuvga erishdi. Argentinalik 30 yoshli himoya chizig'i vakili markaziy va chap qanot himoyachisi sifatida o'ynay oladi. Sanches jamoamiz safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

Salvador Sanchesning so'nggi klubi Chilining "Deportes Ikike" klubi bo'lib, u jamoa bilan xayrlashgach, yanvar oyida erkin agentga aylangandi. 

"River Pleyt" klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish Sanches Argentinaning "Arsenal Sarandi", "Santamarina", "Olimpo", Gretsiyaning "Volos", "PAS Lamiya", Litvaning "Panevejis" va Chili chempionatining "Kokimbo Yunido" hamda "Deportes Ikike" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати