Lionel Messi afsonaviy klubning faxriy a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
8 okt 2026, 12:40
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi rasman afsonaviy "River Pleyt" klubining faxriy a'zosi bo'ldi.

"Oltin to'p" 8 karra sohibining yutuqlariga bag'ishlangan tantanali marosim Buenos-Ayresda bo'lib o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Klub prezidenti Stefano Di Karlo hamrohligida yulduzli hujumchiga rasmiy faxriy a'zolik kartasi, esdalik nishoni hamda uning familiyasi va ramziy 10-raqam tushirilgan muqaddas "Manto Sagrado" libosi topshirildi.

Tadbir afsona xalqaro futbol bilan xayrlashgan "Monumental" stadionida bo'lib o'tdi. Klub rahbariyati sardorning Argentina sporti dovrug'ini oshirishga qo'shgan ulkan hissasini alohida etirof etib, futbolchi o'z ismini klub tarixi bilan mangu bog'laganidan faxrlanishini bildirdi.

10.jpg11.jpg12.jpg

Takidlash joizki, Messi yoshligida "Barselona"ga o'tishidan sal oldin "River Pleyt" akademiyasida ko'rikdan o'tgandi, "Monumental" stadioni maydoni esa ikki o'n yillik davomida hujumchi uchun Argentina terma jamoasi bahslaridagi asosiy baxtli maskan bo'lib qoldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: riverplate.com