Montalyani KONKAKAF rahbarligiga qayta saylanishni rejalashtirmoqda va FIFA prezidentligi uchun kurashmaydi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2026, 14:10
KONKAKAF rahbari Viktor Montalyani FIFA prezidentligi lavozimiga o'z nomzodini qo'ymoqchi emas.

Manbaning qayd etishicha, Montalyani KONKAKAF xodimlariga kelasi yili konfederatsiya prezidentligiga qayta saylanishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan. Bu esa uning FIFA rahbarligi uchun Janni Infantino bilan kurash olib bormasligini anglatadi.

KONKAKAF prezidenti saylovi FIFA rahbari saylovidan avvalroq - 18 mart kuni Rabotda bo'lib o'tadi. 61 yoshli Montalyani KONKAKAFni 10 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Infantino FIFA prezidenti lavozimini 2016 yildan beri egallab turibdi. Takidlanishicha, Montalyani va UEFA rahbari Aleksander Cheferin jahon chempionatlari huquqlarini sotish bilan bog'liq mojarodan so'ng FIFA rahbariyatini isloh qilish bo'yicha birgalikda ishlashda davom etadilar.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian