38 yoshli Otamendi “River Pleyt” bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

30 may 2026, 12:32
"River Pleyt" himoyachi Nikolas Otamendining erkin agent sifatida transferini e'lon qildi.

Buenos-Ayres klubi Argentina terma jamoasining 38 yoshli futbolchisi bilan 2027 yilning 31 dekabriga qadar shartnoma imzoladi.

Otamendining so'nggi klubi "Benfika" bo'lib, futbolchi u yerda 6 mavsum o'ynadi. Shuningdek, Nikolas "Manchester Siti”, "Valensiya”, "Portu" va "Veles Sarsfild" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: cariverplate.com.ar