

Bu haqda “Sky Sport“ xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, jamoa ichidagi ayrim kelishmovchiliklardan tashqari, o'yin uslubi va muvaffaqiyatga erishish yo'li bazi rahbarlarga etarlicha jozibador tuyulmagan.
45 yoshli argentinalik mutaxassis 31 oktyabrga qadar rahbariyatning ishonchiga ega bo'lib turibdi. Jamoani uch turnir doirasida oldinda 7 ta rasmiy uchrashuv kutmoqda: "Ayntraxt", PSV, "Bavariya", "Real", "Elfersberg", "Essen" va "Shalke"ga qarshi bahslar.
"Leyptsig" rahbariyati o'z vaqtida jamoani Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqqan va Bundesligada ikkinchi o'rinni egallagan Yulian Nagelsmannni qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda.
4 turdan so'ng "Leyptsig" 6 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.


