"Barselona" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2026, 14:35
"Barselona" himoyachi Xavi Espart bilan amaldagi kelishuvni 2030 yilga qadar uzaytirganini e'lon qildi.

Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.

2.jpg

19 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 8 yoshidan beri kataloniyaliklar tizimida to'p tepib kelmoqda. Himoyachi asosiy jamoa safida 2026 yil 10 mart kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi bahsda debyut qilgan edi.

Espart "Barselona" tarkibida jami 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com