Obameyang: "Endi menda mutlaqo yangi tizza bor"

Sherzod Nurmatov
9 okt 2026, 16:41
"Deportivo" hujumchisi Per-Emerik Obameyang tizza jarohatidan keyin tiklanish jarayoni reja asosida ketayotganini ta'kidladi.

"Butun faoliyatim davomida ilk bor 10 kundan ortiq vaqtni o'tkazib yuborishimga sabab bo'lgan jarohat oldim. Kundan kunga o'zimni yaxshiroq his qilmoqdaman va endi hassaga ehtiyojim qolmadi. Eng muhimi, tizzada hech qanday noqulaylikni sezmaslik, shu sababli yuklamani asta-sekin oshirib boraman. Endi menda mutlaqo yangi tizza bor", – dedi Obameyang.

37 yoshli gabonlik futbolchi iyul oyida "Marsel"dan "Deportivo"ga o'tgandi. U ushbu mavsum La Liganing 7 ta uchrashuvida 5 ta gol urib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es