"Real" sobiq hujumchisi "Al Sayliya" bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2026, 17:05
"Al Sayliya" rasmiy saytida hujumchi Xoselu bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Kelishuv muddati ochiqlanmagan.

"Ispaniyalik gigant endi "Al Sayliya"da", – deya yozdi klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda.

So'nggi ikki mavsum davomida Xoselu "Al Garafa" safida to'p tepdi. U barcha turnirlarda 58 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Avvalroq forvard "Real", "Espanol", "Nyukasl", "Stok Siti", "Deportivo", "Gannover", "Ayntraxt" va "Selta" jamoalarida harakat qilgan.

“Al Sayliya” Qatar chempionatining yangi mavsumi startidagi 4 ta o'yinning barchasida mag'lubiyatga uchrab, turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alsailiya.qa