"Chelsi" Enconi qanchaga baholayotgani ma'lum. Futbolchi klubdan ketishni istaydi

Administrator
27 may 2026, 23:15
"Chelsi" Enconi 120 mln funtga baholayapti, o'yinchi esa "Real"ga o'tishni xohlamoqda.

"Chelsi" yarim himoyachi Enco Fernandes uchun talab qilinadigan narxni belgilab oldi. Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, londonliklar Argentina terma jamoasining 25 yoshli xavbeki 120 million funt sterling (138,5 mln evro) turadi, deb hisoblashadi.

Shu bilan birga, "ko'klar" futbolchini sotishni istamayapti, ammo ayni vaqtda uning vakillari bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda hech qanday siljish kuzatilmayapti.

Aytilishicha, Enco "Chelsi"dan ketishni istaydi va "Real" tomonidan taklif bo'lsa, bundan mamnun bo'ladi. "Chelsi"ning sobiq murabbiyi Enco Mareskaning yaqin vaqt ichida "Manchester Siti"ga tayinlanishiga qaramay, Fernandes bu klub bilan hech qanday muzokara olib bormayapti.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda "Chelsi" Enconi klubning kelajagi va faoliyati haqidagi izohlari uchun ikki o'yinga chetlatgan edi. Jahon chempioni APLning 36 ta o'yinida 10 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: x.com/JacobsBen