"Real" futbolchilari qancha kam bo'lsa, terma jamoa muhiti uchun shuncha yaxshi". Jurnalist Sanches Ispaniya qaydnomasi haqida

Aslanov Jasurbek
27 may 2026, 12:47
Ispaniyalik jurnalist David Sanches Ispaniya milliy terma jamoasining JCH-2026 uchun e'lon qilingan qaydnomasida "Real" futbolchilari yo'qligiga munosabat bildirdi.

"Sizga yoqadimi yoki yo'qmi, Luis de la Fuente adolatli ish tutganini tan olish kerak. Murabbiy eng yaxshi o'yinchilarni chaqirdi, ispaniyalik muxlislarning 90 foizi ushbu qaydnomaga rozi.

Birinchi qarashda u yerda "Real" futbolchilari yo'qligi hayratlanarli tuyulishi mumkin, ammo jamoaning mavsumini tahlil qilsangiz, u yerda terma jamoaga chaqirish mumkin bo'lgan ispaniyalik futbolchilar deyarli o'ynamagani ayon bo'ladi.

Karvaxal jarohat olgan edi va butun mavsum davomida deyarli maydonga tushmadi, Xeysen esa dahshatli mavsumni o'tkazdi. Terma jamoadagi muhit uchun madridliklar qancha kam bo'lsa, doim shuncha yaxshi bo'lgan. Ularga hech qachon hech narsa yetmaydi. Agar ikki nafar o'yinchi chaqirilsa - ular uchtasini xohlashadi, uchta bo'lsa - to'rttasini talab qilishadi.
"Real"ning joriy mavsumdagi o'yini, tarkibi va futbolchilarning fuqaroligini hisobga olsak, u yerdagi francuzlar, braziliyaliklar yoki belgiyaliklarni mahalliylashtirish yoki Ispaniya termasiga chaqirish juda qiyin", - dedi Sanches.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca