

Yangi bitim 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. 34 yoshli belgiyalik posbonning amaldagi bitimi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Kurtua 2018 yilning yozidan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. Darvozabon "Real" bilan birgalikda 14 ta sovrin, jumladan, ikki marta Chempionlar Ligasida g'oliblikni qo'lga kiritgan.
Kurtua 2026/27 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol o'tkazib yubordi.



