

Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.
Guruh tarkibidan 36 nafar ekspert o'rin olgan bo'lib, ular evrokuboklardagi uchrashuvlarni, taktik tendenciyalarni va murabbiylik qarorlarini tahlil qilish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, ular statistik ma'lumotlar va videolavhalar asosida texnik hisobotlarni tayyorlashadi.
Slot bilan birga ushbu guruhga Erik ten Hag, Ole Gunnar Sulsher, Garet Sautgeyt, Tomas Frank va Rafael Benites ham kiritilgan.
Slot 2026 yil 30 may kuni "Liverpul"ni tark etgandi. Niderlandiyalik mutaxassis ingliz klubini 2024 yildan buyon boshqarib keladi va 2024/25 yilgi mavsumda jamoani Angliya chempionligiga olib kelgan.


