"Real" Vinisiusning xulq-atvoridan cho'chimoqda

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 12:53
Madridning "Real" klubi rahbariyati La Liganing 8-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (1:0) hujumchi Vinisius Junior tomonidan olingan to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkadan tashvishga tushgan.

Bu haqda The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi to'pni darvozaga yo'llashdan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Natan-Dilan Salibaning sochidan ushlab tortgan edi. Videotakror (VAR) ko'rib chiqilgach, gol bekor qilindi va hujumchi maydondan chetlatildi.

Manba xabariga ko'ra, klubdagilar Vinisius 2024 yilgi "Oltin to'p" topshirish marosimida mukofotni qo'lga kirita olmaganidan keyingi hafsalasizlikdan so'ng o'z his-tuyg'ularini jilovlashda sezilarli progressga erishdi, deb hisoblashayotgan edi.

Hujumchi uzoq vaqt davomida intizomni saqlab kelayotgan edi, ammo uning bu galgi achchiqlanishi u yana eski odatlariga qaytishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni keltirib chiqardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Touchline