FIFA Infantinoga to'langan 1,5 mln evro miqdoridagi qo'shimcha to'lovlar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilmadi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2026, 14:05
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot prezidenti Janni Infantinoga taxminan 1,5 million evro miqdorida to'langan qo'shimcha mablag'lar to'g'risidagi ma'lumotlarni yashirgan.

Bu haqda “Le Parisien” ma'lum qildi.

FIFAning 2024 yilgi moliyaviy hisobotida Infantinoning daromadi 4,6 million evro sifatida ko'rsatilgandi. Biroq manbaga ko'ra, hujjatda AQSHdagi 2026 yilgi Jahon chempionatini tashkil etish bilan shug'ullangan "FWC2026 US Inc" sho'ba kompaniyasidan unga to'lab berilgan yana qariyb 1,5 million evro haqidagi ma'lumotlar aks etmagan.

Ushbu mablag'lar Infantinoning Mayamidagi xarajatlarini qoplash uchun ishlatilgan bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

"Agar u FIFAga aloqador kompaniyalardan qo'shimcha to'lovlar olsa va bu haqdagi ma'lumotlar oshkor qilinmasa, bu qoidalarning ochiq-oydin buzilishi hisoblanadi. FIFA nizomi to'liq shaffoflikni taminlashni talab qiladi", – dedi FIFA boshqaruv qo'mitasining sobiq raisi Migel Maduro va mazkur holat bo'yicha surishtiruv o'tkazishga chaqirdi.

Avvalroq Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA), Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) hamda Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) FIFA Forward Enterprise loyihasi bilan bog'liq holatda Infantinoni firibgarlikda ayblagandi. FIFA esa noqonuniy xatti-harakatlar haqidagi barcha ayblovlarni rad etgan.

Infantino 2027 yil 18 mart kuni Rabatda bo'lib o'tadigan FIFA prezidenti saylovida yangi muddatga o'z nomzodini qo'yish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Parisien