Sneyder, Rivaldo va Dunga Moskvada Nikita Simonyan nomidagi mukofotni topshirish marosimida ishtirok etadi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2026, 12:02
Sobiq futbolchilar Uesli Sneyder, Rivaldo, Kristian Panuchchi, Dunga va Alexandro Gomes Nikita Simonyan nomidagi mukofotni topshirish marosimida qatnashish uchun Moskvaga yetib keldi.

Tadbir 12 oktyabr kuni bo'lib o'tadi va "Spartak" hamda SSSR terma jamoasining afsonaviy futbolchisi tavalludining 100 yilligiga bag'ishlanadi.

Marosim mehmonlari qatorida "Oltin to'p" sohibi va Chempionlar Ligasi g'olibi Rivaldo, 2010 yilgi Jahon chempionati finalchisi Uesli Sneyder, Chempionlar Ligasining ikki karra g'olibi Kristian Panuchchi, 1994 yilgi jahon chempioni Dunga hamda JCH-2022 g'olibi Alexandro Gomes bor.

Shuningdek, tadbirda "Spartak" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Massimo Karreraning ishtiroki ham kutilmoqda.

Mukofotlar to'qqizta nominaciya bo'yicha topshiriladi. Ularning soni to'qqizinchi raqam ostida to'p tepgan Nikita Simonyanning o'yin raqami sharafiga tanlangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс