"Al Nassr" bosh murabbiyi: "Maqsadimiz – har bir o'yinda g'alaba qozonish"

Оқил Абдубарноев
13 okt 2026, 11:25
"Al Nassr" jamoasi bosh murabbiyi, avstraliyalik Angelos Postekoglu uning jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi Elitasi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yinda muhim g'alabaga erishganini ta'kidlab, o'yin atrofidagi g'ayrioddiy sharoitlarga qaramay, futbolchilari ko'rsatgan yuqori professionallik va jangovar ruhni maqtadi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Postekoglu shunday dedi: "Biz muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Futbolchilar yuqori professionallik ko'rsatishdi va o'yin atrofidagi g'ayrioddiy sharoitlarga qaramay, ajoyib o'yin namoyish etishdi. Men jamoam ko'rsatgan o'yindan va biz erishgan natijadan xursandman".

"Al Nassr" ustozi jamoasi so'nggi ikki o'yinda yaxshi daraja namoyish etganini tushuntirarkan, Komanning jarohat olganiga qaramay, jamoaviy o'yin va taktik ko'rsatmalarga qatiy amal qilish murabbiylar shtabi erishgan eng katta yutuqlardan biri bo'lganini ta'kidladi.

U qo'shimcha qildi: "Biz ikkita yaxshi o'yinda ishtirok etdik va barcha futbolchilarning harakatlari ajoyib bo'ldi. Afsuski, Koman jarohat oldi, lekin men o'yin sifatidan, natijadan va futbolchilarimizning o'yin talablariga qanday yondashganidan mamnunman".

Uchrashuv davomida o'zida kuzatilgan xavotir holati haqida to'xtalar ekan, Postekoglu jamoaga bo'lgan kuchli e'tibori va futbolchilarga qayg'urishi o'yinlar paytida, ayniqsa, doimo eng yaxshi natijalarga erishish istagi fonida asabiylashishni odatiy holga aylantirishini tushuntirdi.

U shunday dedi: "Jamoa va futbolchilarga bo'lgan qayg'urishim o'yin davomida meni xavotirga soldi, ammo yakunda men yigitlar ko'rsatgan harakatlardan va jamoa namoyish etgan o'yindan mamnunman".

Avstraliyalik mutaxassis Aymanning jarohat sababli uzoq muddatli tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytgani haqida ham to'xtalib o'tib, murabbiylar shtabi uning jismoniy va texnik tayyorgarligini bosqichma-bosqich tiklashini taminlash maqsadida bunga ehtiyotkorlik bilan yondashayotganini ta'kidladi.

U shunday qo'shimcha qildi: "Ayman jarohati sababli uzoq vaqt maydondan tashqarida qoldi. Bugun u 60 daqiqa harakat qildi va ajoyib o'yin ko'rsatdi, ammo to'liq tayyorgarligini tiklashi uchun uni bosqichma-bosqich o'yinga qaytarish muhimdir".

Joriy mavsumda "Al Nassr"ning ustuvor maqsadlari haqidagi savolga javob berar ekan, Postekoglu klubning mentaliteti raqobatlashish va barcha musobaqalarda g'alaba qozonishga asoslanganini ta'kidladi. Shuningdek, u murabbiylar shtabi kelajakdagi to'qnashuvlar haqida barvaqt o'ylab o'tirmasdan, har bir o'yinga alohida ustuvor vazifa sifatida qarashini tasdiqladi.

U shunday dedi: "Anjelo aytganidek, biz "Al Nassr"miz va bizning maqsadimiz doimo g'alaba qozonishdir. Bizning birinchi galdagi vazifamiz – navbatdagi o'yin. Biz Osiyo Chempionlar ligasidagi raqobat qanchalik qiyin ekanligini tushunamiz, ammo maqsadimiz – o'zimiz ishtirok etadigan har bir o'yinda g'alaba qozonish".

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: aawsat