"Qoidalarning ochiqchasiga buzilishi". FIFA Infantinoga qilingan to'lovlar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilmadi

13 okt 2026, 10:25
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezident Janni Infantino nomiga o'tkazilgan taxminan 1,5 million evro miqdoridagi qo'shimcha to'lovlar haqidagi ma'lumotlarni yashirgan.

Bu haqda The Times nashriga tayanib Le Parisien xabar bermoqda.

Tashkilotning 2024 yilgi yillik hisobotiga ko'ra, Infantinoning daromadi 4,6 million evroni tashkil etgan. Shu bilan birga, nashrning takidlashicha, hujjatda AQSHdagi 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun javobgar bo'lgan FWC 2026 US Inc sho'ba tuzilmasidan unga yana 1,5 million evroga yaqin mablag' o'tkazilgani haqida ma'lumotlar mavjud emas.

The Times talqiniga ko'ra, ushbu mablag'lar Infantinoning Mayamidagi xarajatlarini qoplashga yo'naltirilgan bo'lishi mumkin.

"Agar u FIFA bilan bog'liq kompaniyalardan qo'shimcha to'lovlar olsa va bu haqdagi ma'lumotlar oshkor qilinmasa, bu qoidalarning ochiqchasiga buzilishi hisoblanadi. FIFA ustavi to'liq shaffoflikni taminlashni talab qiladi", - dedi FIFAning boshqaruv bo'yicha sobiq raisi Migel Maduro va surishtiruv boshlashga chaqirdi.

Avvalroq Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA), Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) va Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) Infantinoni FIFA Forward Enterprise loyihasi doirasida firibgarlikda ayblagan edi. FIFA noqonuniy harakatlar haqidagi ayblovlarni rad etdi. Infantino 2027 yil 18 mart kuni Rabatda bo'lib o'tadigan FIFA prezidenti saylovida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times