

Bu haqda The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.
Manba berayotgan xabarga ko'ra, "qaymoqranglilar" kiyinish xonasida bo'linish yuzaga kelmoqda. Jamoaga aynan qanday murabbiy kerakligi borasidagi qarashlar bir-biriga qarama-qarshi bo'lib qolgan. Takidlanishicha, "Real"ning sobiq murabbiyi Xabi Alonso haddan tashqari murakkab taktik yondashuvi sababli iste'foga chiqarilgan edi, endi esa Mourinyu taktik chuqurlik va puxta rejaning yo'qligi uchun tanqid qilinmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis "Qirollik klubi"ni yozda o'z qo'liga olgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



