Chuameni "Real" – "Vilyarreal" o'yinidan so'ng: "Hakamlar bilan nima bo'layotganini tushunmayapman"

Sherzod Nurmatov
12 okt 2026, 14:10
Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Orelen Chuameni La Liganing 8-turi doirasida "Vilyarreal" ustidan qozonilgan qiyin g'alabadan (1:0) so'ng hakamlar brigadasi ishidan noroziligini bildirdi.

Ikkinchi bo'limda uchrashuv bosh hakami Isidro Dias de Mera VAR ko'rigidan so'ng Vinisius Juniorning golini bekor qildi, so'ngra braziliyalik vingerni goldan oldingi vaziyatda raqibining sochidan tortgani uchun maydondan chetlatdi.

"Biz "Vilyarreal" kuchli jamoa ekanini bilamiz. Bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz, biroq 3 haftalik tanaffusdan so'ng bu oson emas. Eng muhimi - g'alaba. Tribunalar qo'llab-quvvatlashi bilan o'ynash osonroq, ammo men hakamlar bilan nima bo'layotganini tushunmayapman", – deya ta'kidladi fransiyalik xavbek.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Real Madrid TV