

41 yoshli portugaliyalik futbolchi 42-daqiqada g'alaba to'pini kiritdi.
"Bu oqshomdagi muhim g'alaba. O'sishda davom etamiz", – deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
"Al Nassr" turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi - 1-turda Ronaldu jamoasi BAAning "Al Ayn" klubiga imkoniyatni boy bergandi. Keyingi turda "Al Nassr" 26 oktyabr kuni BAAning "Al Vasl" jamoasi bilan to'qnash keladi.



