

Bunga hujumchi Vinisius Juniorning maydondan chetlatilishi sabab bo'lgan.
Sport.es nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis sodir bo'lgan voqeadan juda darg'azab bo'lgan va o'z reakciyasi sababli diskvalifikaciya olishdan cho'chigan. U shu orqali oldinda turgan "Sevilya" (18 oktyabr) hamda "Barselona"ga (25 oktyabr) qarshi muhim bahslarni o'tkazib yuborishni istamagan.
Eslatib o'tamiz, Vinisius to'pni darvozaga yo'llashdan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Natan-Dilan Salibaning sochidan ushlab tortgan edi. Videotakrordan (VAR) so'ng gol bekor qilinib, braziliyalik hujumchi 73-daqiqada maydondan chetlatildi.



