

Uchrashuv faol boshlandi: har ikkala jamoa ham hujum qilish uchun imkoniyatlar izladi. 25-daqiqada "Al Qodisiya" mezbonlar darvozasiga to'p kiritdi, ammo VAR ko'rilgandan so'ng gol bekor qilindi. "Paxtakor" ham gol urdi, biroq u ofsayd tufayli inobatga olinmadi. Mezbonlar himoyasida raqib hujumlarini bir necha bor bartaraf etgan Alijonov ishonchli harakat qildi. Birinchi bo'limda Mozgovoy hushtakdan keyin to'pga zarba bergani uchun sariq kartochka oldi.
Tanaffusdan so'ng "Paxtakor" bosimni kuchaytirdi, lekin mehmonlar posboni o'z jamoasini bir necha bor qutqarib qoldi. 62-daqiqada "Al Qodisiya" futbolchisi qo'pol fol uchun ogohlantirildi. 80-daqiqada Alijonovning burchak to'pi oshirishidan keyin mezbonlar yana golga yaqin kelishdi, ammo darvozabon to'pni egallab oldi.
89-daqiqada hil qiluvchi voqelik kuzatildi: VAR monitoridagi uzoq muddatli tekshiruvdan so'ng bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Hamdamov 11 metrlik jarima zarbasini ishonchli tarzda amalga oshirdi - 1:1. Tribunalar hissiyotlarga to'lib-toshdi, futbolchilar va murabbiylar shtabi esa golni juda ko'tarinki kayfiyatda nishonladi.
Etti daqiqalik hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda ikkala jamoa ham g'alaba uchun kurashni davom ettirdi. Biroq yakuniy hushtak 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi.
Shahzoda Tojieva



