

"Bir yarim yildan so'ng "Kamp Nou"da "Barselona"ning Leo Messi bilan xayrlashuv marosimi bo'lib o'tadi. Bu tasdiqlangan ma'lumot", - deydi Freyshaning so'zlarini X ijtimoiy tarmog'idagi "The Touchline" sahifasi.
Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Kataloniya klubining asosiy tarkibida 2004 yildan 2021 yilgacha to'p surgan. O'tgan haftada Messi Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o'yinini o'tkazdi, unda "albiseleste" Beninni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.



