

FIFA Forward Enterprise - bu bir qator turnirlarni, jumladan, JCHni o'tkazish huquqlarini topshirish, shuningdek, ushbu tashkilotdagi ulushni tashqi investorlarga sotish ko'zda tutilgan yangi tuzilma.
Uning bu lavozimdagi asosiy maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 30 million dollarni tashkil etgan bo'lardi.
Bu haqda "The Times" nashri muxbiri Martin Zigler ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UEFA, OFK va KONKAKAF bo'lajak islohotlarga bir ovozdan boykot e'lon qilgandi. Ushbu tashkilotga a'zo mamlakatlar yangiliklar tasdiqlangan taqdirda musobaqalarda ishtirok etmaslik bilan tahdid qilishgan.



