

"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yozgi transfer oynasining qolgan qismida hujum chizig'iga bir juft yangi o'yinchi qo'shib olishni xohlashini aytib o'tgan edi.
"Tottenxem"ga o'tishi mumkin bo'lganlar orasida "Manchester Siti"dan Savino va "Liverpul"dan Kodi Gakpo nomlari tilga olinmoqda, ammo "Football.London" bir qator manbalarga tayanib, "shporlar" Osimxenni o'z saflariga qo'shib olishni istashayotganini takidlamoqda.
Xabar qilinishicha, yaqinda "Tottenxem" hatto Osimxen bo'yicha 50-55 million funt miqdoridagi ilk taklifini ilgari surgan, biroq "Galatasaray" Viktorni 65 million funtga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Turkiya chempionatining 22 ta o'yinida 15 ta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan 27 yoshli nigeriyalik futbolchining vaziyatni boshqa bir qator klublar, jumladan "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham kuzatib bormoqda.



