"Real"ning yangi transferi barbod bo'lish mumkin. Nega?

3 avg 2026, 09:06
Yarim himoyachi Yan Diomandening Madridning "Real" klubiga o'tishi haqidagi rasmiy e'lon huquqiy nizo sababli kechiktirilmoqda.

"Diario AS" ma'lumotiga ko'ra, futbolchining sobiq agenti Maks Gradel o'yinchi u bilan amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qilganini takidlamoqda.

Madrid klubi kelishuvni futbolchining yangi agentligi - Roc Nation orqali yopgan. Xabar qilinishicha, "qirollik klubi" rahbariyati Diomandening sobiq vakili tomonidan huquqiy etirozlar borligidan xabardor bo'lmagan.

Gradel allaqachon FIFAga rasmiy shikoyat yubordi. Endi xalqaro federatsiya futbolchining harakatlari qonuniyligini baholashi kerak: FIFA transferni tasdiqlashi, uni vaqtincha to'xtatib qo'yishi yoki o'tishni to'liq bloklashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario AS