

Bu jamoalarning Muborakda kechgan 17-o'zaro bahsi bo'ldi. Shunga qaramay, umumiy statistik ustunlik hamon "Mashal" tomonida - 8 ta g'alaba. Ammo "So'g'diyona" bugun o'z tarixida atigi ikkinchi marotaba "Mashal" maydonidan 3 ochko bilan qaytadigan bo'ldi. Jizzaxliklar oxirgi bor raqibini mehmonda uzoq 2004 yilgi mavsumda mag'lub etishgan edi. Oradan 22 yil o'tib, bu noxush seriyaga chek qo'yildi.
Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Bakaev shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 6 avgust kuni Zominda "Andijon"ga qarshi o'tkazsa, Sergey Lushchan boshchiligidagi "Mashal" 7 avgust sanasida Urganchda "Xorazm" mehmoni bo'ladi.



